Zurabishvili 30 noyabr kuni kechqurun telemurojaat qilib, prezident lsvozimida qolishini va 2024 yil dekabrda yangi davlat rahbarini saylashi kerak bo‘lgan parlament “qonuniy emasligini" aytdi.
"Legitim parlament yo‘q va shunga ko‘ra, noqonuniy parlament yangi prezidentni saylay olmaydi. Shunday qilib, inaugurasiya bo‘lishi mumkin emas. Mening vakolatim qonuniy saylangan parlament tuzilmaguncha davom etadi", — dedi Zurabishvili o‘z murojaatida.
Prezident Zurabishvili muxolifat partiyalari vakillari kabi oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari natijalarini tan olmaydi va hukumatni saylov natijalarini soxtalashtirishda ayblaydi.
Gruziya parlamentar respublika bo‘lib, unda prezident nominal vakolatlarga ega. Shunga qaramay, Salome Zurabishvili avvalroq Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni 2028 yilgacha muzlatib qo‘ygan hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi siyosatiga qarshilik ko‘rsatuvchi asosiy shaxsga aylanib bormoqda.