Bugun 14 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Gruziya norozilik namoyishlarida pirotexnika vositalari va niqoblarni taqiqlaydi

Gruziya norozilik namoyishlarida pirotexnika vositalari va niqoblarni taqiqlaydi

Gruziya parlamenti namoyishlar to‘g‘risidagi qonunga yuzni niqob bilan yopish, pirotexnika vositalaridan foydalanish, shuningdek, «hukumat amaldorlari faoliyatiga xalaqit berishi mumkin bo‘lgan lazer nurlanish vositalarini olib yurishni taqiqlovchi» tuzatishlarni ma’qulladi.

Qonunni qabul qilish uchun uch kun vaqt ketdi. Nashrning ta’kidlashicha, uning asl nusxasida faqat pirotexnika vositalari taqiqlangan, biroq 11 dekabrda hukmron «Gruziya orzusi» partiyasi deputati tashabbusi bilan lazerlar qo‘shilgan.

Bundan tashqari, qonun norozilik namoyishlari paytida qoidabuzarliklar uchun jarima miqdorini oshiradi - xususan, transport harakatiga to‘sqinlik qilish va zarar yetkazish uchun. Niqoblardan foydalanganlik uchun jarima ikki ming lari bo‘ladi. Mitingda yuzini yopishi mumkin bo‘lganlar ro‘yxatini Ichki ishlar vazirligi rahbari belgilaydi.

Qonun e’lon qilinganidan keyin kuchga kiradi, biroq avvalo uni mamlakat prezidenti Salome Zurabishvili imzolashi kerak. U parlamentga qarshi va saylovlarni noqonuniy deb biladi. Bunday vaziyatda, Business Media ta’kidlaganidek, uni parlament spikeri Shalva Papuashvili imzolaydi.

Kiritildi: Bugun 15:39. O'qildi: 180 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!