Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Gruziya fuqarolari koronavirusga qarshi ommaviy testdan o‘tishadi

Gruziya fuqarolari koronavirusga qarshi ommaviy testdan o‘tishadi

COVID-19ga qarshi kurash bo‘yicha Gruziya Bosh vaziri huzuridagi Idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengash xastalikka chalinganlarni tezda aniqlash va ularni izolyasiya qilish yoki klinikalarga o‘tkazish uchun fuqarolarni keng ko‘lamli testdan o‘tkazishga qaror qildi.

Bu haqda muvofiqlashtiruvchi kengashning tezkor shtabi rahbari o‘rinbosari Berdia Sichinava ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, ommaviy emlash 1 fevralga qadar amalga oshiriladi. Ungacha hukumat tomonidan kuniga 20 mingga yaqin koronavirus uchun testlar o‘tkaziladi. Xususiy klinikalar va laboratoriyalar ham jalb qilinadi.

Sichinavaning aytishicha, PZR sinovlaridan tashqari, hukumat 20 daqiqada javobi tayyor bo‘ladigan antigenga asoslangan tezkor testlar sonini ko‘paytiradi. Bugungi kunda respublikada har kuni o‘rtacha 10 ming test o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 05:30 03.12.2020. O'qildi: 1169 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!