Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Gripp va koronavirusning dastlabki alomatlarini farqlash borasida tavsiya

Gripp va koronavirusning dastlabki alomatlarini farqlash borasida tavsiya

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva AOKA huzuridagi shtabda tashkil etilgan brifingda koronavirus va gripp kasalliklarining o‘xshash alomatlari haqida ma’lumot berdi.

Jumladan, mutaxassis «Gripp bilan og‘riganimda hech qachon tana haroratim ko‘tarilmaydi. Hozirda menda ko‘p miqdorda so‘lak ajralishi, ba’zan esa, ayniqsa uxlash oldidan yo‘tal kuzatilmoqda. Gripp yoki COVID-19 bilan kasallanganimni qanday farqlashim mumkin?», degan savolga qisqacha javob berib o‘tgan.

Gripp va koronavirusning kechishida umumiy alomatlar va farqlar mavjud. Ularni bemorning shikoyatlariga qarab ham aniqlash mumkin, keyin esa shifokor sinchkovlik bilan ko‘rikdan o‘tkazishi lozim. Koronavirusning yengil yoki alomatsiz shakllarida ba’zi bemorlarda tana harorati chiqmasligi ehtimoli bor.

Ikkala kasallikda ham harorat 38 darajaga chiqsa, bu me’yoriy holat sanaladi, chunki har ikki kasallikning boshlanishida ham virus organizmga tushsa, inson organizmi (bolalar va kattalarda) virusga qarshi immunitet ishlab chiqaradi. Bu ushbu infeksiyalarga qarshi immunitet ishlab chiqarish uchun optimal harorat sanaladi. Bunday vaziyatda kuzatuv hamda alomatlarga qarab davolashni boshlash uchun oilaviy shifokor yoki pediatrga telefon orqali murojaat qilish lozim.

Ushbu kasalliklarning har ikkisida muhim komponentlardan biri bu kasallikka chalingan bemor bilan muloqot qilgan yoki qilmaganlik sanaladi. Bu ko‘rsatmalar mutaxassislarga dastlabki tarzda tashxis qo‘yish, tashxisni aniqlash uchun shifokorning test yoki tahlillar (qon tahlili, siydik tahlili va hokazo) topshirishga yo‘naltirishida qo‘l keladi.

Bunday holatlarda har kuni telefon orqali shifokor nazoratida bo‘lish talab etiladi, chunki kasalliklarning har ikki turida ham alomatlar minimal bo‘lish bilan boshlanishi, biroq yashirin o‘zgarishlar 7-10 kundan so‘ng o‘zini ko‘rsatishi mumkin.

Sevara Ubaydullayeva, Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi 

Kiritildi: 14:52 21.09.2020. O'qildi: 3754 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!