Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Gripp biz o‘ylagandan ham xavfli?!

Gripp biz o‘ylagandan ham xavfli?!

Gripp havo orqali tarqaladigan o‘tkir yuqumli kasallik. U har yili halokatli oqibatlarni keltirib chiqaradi. Bularning barchasiga sira tutqich bermaydigan virus sababchi hisoblanadi.

Gripp tunda qaytalaydigan va uyqu bermaydigan kasallik. U birgina AQShning o‘zida har yili 36 ming kishini hayotdan olib ketadi. Bundan tashqari, u tarixdagi ba’zi qirg‘inlarning ham sababchisi.

Gripp virusi xuddi boshqa viruslarga o‘xshagan parazit hisoblanadi. Virus qoplama vayrion deb ataladi, u oqsil bilan o‘ralgan ribonuklein kislotadan tashkil topgan. Gripp virusi organizmga hujum qilish uchun 2 ta oqsil – gemagglyutinin va neyraminidazadan foydalanadi. Gemagglyutinin oqsili hujayraga yopishib oladi. Ichiga kirishi bilan esa ko‘payishni boshlaydi. Keyin neyraminidaza oqsili viruslangan hujayrani yoradi va boshqa hujayralarni ham zararlash uchun ichidagilarni tarqatadi. Immun tizimi bu virusga hujum qilib, uni nafas yo‘lining barcha qismidan yo‘q qilishga urinadi.

Afsuski, bu jarayon organ ishini to‘xtatib qo‘yishi yoki bakteriyali zotiljamni paydo qilib, o‘limga sabab bo‘lishi mumkin.

Gripp virusini tag-tomiri bilan yo‘q qilib tashlash ilojsiz. Chunki u osongina mutatsiyaga uchraydi. 2004 yildan beri gripp virusining 5000 dan ortiq mutatsiyasi qayd etilgan. Odamga yuqadigan gripp A, B, va C turga bo‘linadi. Shulardan eng ko‘p tarqaladigani A turidir. Bu tur eng tez mutatsiyaga uchrab, odam, hayvon va parrandani ham zararlashga moslashadi. Misol uchun parranda grippi va cho‘chqa grippi A turga kiradi va ular mutatsiya orqali parranda va cho‘chqadan odamga ham yuqishi mumkin.

Tarixdagi ommaviy qirg‘inlardan biriga mana shu virus sabab bo‘lgan. 1918 yildan 1919 yilgacha ispan grippi dunyo aholisining uchdan bir qismini zararlagan va 50 mln kishini halok qilgan. U odamlarga parrandalardan yuqqan deb hisoblanadi.

Gripp sabab yana bir ommaviy qirg‘in sodir bo‘lmasligiga hech kim kafolat berolmaydi. Hozircha olimlar gripp virusini doimiy nazorat qilmoqda va himoya maqsadida mavsumiy vaksinalar ishlab chiqmoqda.

 

 

 

 

 

 

Kiritildi: 14:35 17.11.2019. O'qildi: 2390 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!