Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Green Card berishda qattiqroq talablar qo‘yilishi mumkin

Green Card berishda qattiqroq talablar qo‘yilishi mumkin

AQSh rasmiylari dushanba, 24 fevral kuni Green Card berishning yangi qoidalarini ishlab chiqish doirasida harakat boshlashlari mumkin. Bu haqda Oq uy Matbuot xizmati bayonotida ma’lum qilingan.

Yangi qoidalar davlat g‘amxo‘rligiga tayanadigan murojaatchilarga nisbatan qattiqroq talablarni ko‘zda tutadi.

"Ichki xavfsizlik vazirligi dushanba kuni yangi qonunlarni amalga oshirishni boshlashi mumkin... Shunga ko‘ra, jamiyatimizning yangi a’zolari moliyaviy jihatdan mustaqil bo‘lishlari kerak", deyiladi Oq uy bayonotida.

O‘tgan yilning oktyabr oyida federal sudya AQSh ma’muriyatining past daromadli immigrantlarga yashil karta yoki viza arizasini berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorini bekor qildi. Hukumat fikriga ko‘ra, bu AQSh soliq to‘lovchilariga og‘ir yuk bo‘lishi mumkin. Biroq ushbu qaror yuqori sud tomonidan bekor qilindi.

Kiritildi: 14:51 23.02.2020. O'qildi: 2138 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!