Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

"Google" monopoliyaga yo‘l qo‘ydi va...

"Google" monopoliyaga yo‘l qo‘ydi va...

Evropa sudi Yevropa komissiyasining "Google"ni monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzgani uchun 2,4 milliard yevro (2,8 milliard dollar) jarimaga tortish haqidagi qarorini tasdiqladi. Bu haqda CNBC xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 2017 yil iyun oyida Yevropa Ittifoqi (EI) ijroiya organi "Google«ni internetdagi qidiruv tizimlari bozoridagi ustun mavqeini suiiste’mol qilgani uchun 2,4 milliard yevro miqdorida jarimaga tortishga qaror qilgan. O‘shanda kompaniya ushbu qaror ustidan yuqori sudga shikoyat qilgan edi.

Keyinroq korporasiya bosh maslahatchisi Kent Uoker "Google" Yevropa komissiyasi qarorini hurmat qilishini, lekin bunga rozi emasligini va kompaniyaning bozordagi harakatlari ham reklama beruvchilar, ham foydalanuvchilar uchun foydali ekanini ta’kidladi.

Biroq, umumiy yurisdiksiya sudi qarorni o‘z kuchida qoldirdi. Qayd etilishicha, qaror ustidan shikoyat qilinishi mumkin.

Kiritildi: 11:22 11.11.2021. O'qildi: 2986 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!