Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

“Google” eng katta zilziladan ogohlantiruvchi tarmoq qurishni rejalashtirmoqda

“Google” eng katta zilziladan ogohlantiruvchi tarmoq qurishni rejalashtirmoqda

Amerikaning “Google” kompaniyasi Android smartfonlar yordamida zilzilani aniqlash uchun eng keng tarmoqni yaratish niyatida ekanligini e’lon qildi.

"Bundan buyon sizning Android telefoningiz qayerda bo‘lsangiz ham, zilziladan ogohlantirish tizimining bir qismiga aylanishi mumkin. Bu sizning telefoningizda mini seysmometr bo‘lishi va dunyodagi eng katta zilziladan ogohlantirish tizimini yaratish uchun millionlab boshqa Android telefonlariga qo‘shilishi mumkinligini anglatadi", - deyiladi “Google” rasmiy saytida.

Kompaniya tomonidan aniqlashtirilishicha, smartfonlar kichik akselerometrlar bilan jihozlanadi. Dunyo bo‘ylab turli xil gadjetlardan barcha ma’lumotlar maxsus yaratilgan serverga yuboriladi. Qurilma esa o‘z navbatida, chindan ham biror bir hududda zilzila boshlanganligini aniqlash uchun kiruvchi ma’lumotlarga ishlov beradi.

Seysmik faollik to‘g‘risidagi ma’lumotlar «Google» qidiruv panelidagi so‘rov bo‘yicha maxsus oynada ko‘rsatiladi.

Keyinchalik kompaniya barcha mamlakatlar aholisiga zilzila to‘g‘risida bildirishnomalarni yuborishni rejalashtirmoqda.

 

 

Kiritildi: 21:47 12.08.2020. O'qildi: 2716 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!