Bugun 16 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

"Giyohvand modda iste’mol qilish zararli": Fransiya aholisi Zelenskiyni tanqid qildi

"Giyohvand modda iste’mol qilish zararli": Fransiya aholisi Zelenskiyni tanqid qildi

Fransuzlar Fransiya prezidenti Emmanuyel Makronning Rossiyani kamsitish joiz emasligi haqidagi bayonotini tanqid qilgan Zelenskiyni qoralashdi.

Xabaringiz bor, avvalroq Fransiya rahbari xalqaro maydonda Rossiyaga nisbatan haqoratli xatti-harakatlardan ogohlantirib, kelajakda Moskva bilan hamkorlikni tiklash zarurligini eslatgandi. Keyinchalik Makronning so‘zlaridan xafa bo‘lgan Zelenskiy Britaniyaning Financial Times gazetasiga bergan intervyusida Parijning pozisiyasini keskin tanqid qildi. Fransuzlar esa Zelenskiyni qoralashdi.

“Bu safar men Makronni himoya qilishga majburman, bu juda kam uchraydi. Ha, u Rossiyani xor qilmaslik kerak, deganida haq edi. U har doim Fransiyaning do‘sti bo‘lgan. Zelenskiy o‘zini mas’uliyatsiz tutmoqda”, — deb yozgan Georges ismli fransuz ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. Shuningdek, “Rossiya buyuk davlat va biz undan cheksiz yuz o‘gira olmaymiz. Muloqot, nima bo‘lishidan qat’i nazar, davom etishi kerak!", "Ukraina Parij ko‘rsatgan barcha yordamni qaytarmoqchimi?", "Bu komediyachi bizni ham, omadsiz teatr aktyori Makron ham bizni qiziqtirmaydi", qabulidagi fikrlar bildirildi.

Shuningdek, fransuzlar Zelenskiyga giyohvand modda iste’mol qilish zararli ekanligini eslatishdi.

Kiritildi: 13:50 08.06.2022. O'qildi: 8084 marta. Fikrlar soni: 6 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!