Bugun 14 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Germaniyalik siyosatchi: AQSh GFRni himoya qilmasligiga tayyor turish kerak

Germaniyalik siyosatchi: AQSh GFRni himoya qilmasligiga tayyor turish kerak

Germaniya Federativ Respublikasi Xristian-demokratik ittifoq (XDI)ning sobiq rahbari, ayni dam mamlakat tashqi ishlar vaziri lavozimiga munosib ko‘rilayotgan Bundestagning amaldagi a’zosi Armin Lashet “n-tv” telekanaliga intervyu berdi.

Xususan, u kelajakda AQSh Germaniyani himoya qila olmasligini ta’kidlab, shunday vaziyatga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi.

– Menimcha, transatlantik aloqalarni saqlab qolish to‘g‘ri, – degan siyosatchi. – Shu bilan birga, biz hozir yuzaga kelmaydi, deb umid qilayotgan holatga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak – amerikaliklar qachondir bizni himoya qila olmay qoladi.

Berlin Kiyevga “Taurus” raketalari yetkazib berilishi kerakligi haqida gapirarkan, Lashet “Germaniyani urushga tortmaydigan” har qanday variantni ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidlagan.

23 fevral, ya’ni Bundestag saylovi kuni XDI yetakchisi Fridrix Mers Germaniya AQShdan mustaqil bo‘lishiga erishish mamlakat siyosatida “mutlaq ustuvorlik” kasb etishini aytgan. Shuningdek, Trampning bayonotlari tabiati “Amerikaliklar Yevropa taqdiriga ko‘p jihatdan befarqligi” isboti ekanini qo‘shimcha qilgan.

Kiritildi: 09:14 23.04.2025. O'qildi: 793 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!