Germaniya milliy jamoasi sobiq bosh murabbiyi Yoaxim Lyov O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi bo‘lish taklifini rad etdi. Bu haqda Germaniyaning mashhur Bild portali xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, mutaxassis O‘zbekiston milliy jamoasi vakillari bilan Berlindagi elchixona orqali muzokara o‘tkazgan. Oradan bir necha kun o‘tgach, Lyov bu taklifni muloyimlik bilan rad etgan.
Hozirda Yoaxim bosh murabbiylik faoliyatini tugatmoqchi emas. U yana bir qancha qulay takliflarni ko‘rib, so‘ng yakuniy qarorga kelishni rejalashtiryapti.