Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Germaniyada yuz bergan suv toshqinida 30dan ortiq kishi hayotdan ko‘z yumgan

Germaniyada yuz bergan suv toshqinida 30dan ortiq kishi hayotdan ko‘z yumgan

Germaniyaning g‘arbiy qismida yuz bergan kuchli suv toshqini oqibatida kamida 33 kishi halok bo‘lgan, yana o‘nlab odamlar bedarak yo‘qolgan. Bu haqda Germaniyaning «Focus» nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, o‘nlab uylar va avtoulovlar suv ostida qolgan, ko‘chalarda katta miqdorda suv to‘planib qolishi natijasida harakat to‘xtab qolgan. 200 mingdan ortiq aholi elektr ta’minotisiz qolgan.

Toshqin Shimoliy Reyn-Vestfaliya va Reynland-Pfals federal yerlarida sodir bo‘lgan.

Evropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen Yevropa Ittifoq toshqin talofatlarini bartaraf etish va tiklash jarayonida yordam berishga tayyorligini bildirgan.

Kiritildi: 19:49 15.07.2021. O'qildi: 1969 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!