Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Germaniyada ekofaol Greta Tunberg ko‘mir konini kengaytirishga qarshi namoyishda hibsga olindi

Germaniyada ekofaol Greta Tunberg ko‘mir konini kengaytirishga qarshi namoyishda hibsga olindi

Asli shvesiyalik 20 yoshli ekologik faol Greta Tunberg Germaniyaning Luserat qishlog‘i buzilishiga qarshi norozilik namoyishi paytida polisiya tomonidan hibsga olingani aytilmoqda. Bu haqda “Sky News” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, hozirda rasmiylar tomonidan kichik Luserat qishlog‘ini unga yaqin joylashgan ko‘mir konini kengaytirish maqsadida buzilish choralari ko‘rilmoqda. Mahalliy zobitlar bu joyni “o‘ta xavfli” deb aytganiga qaramasdan, ekologik faollar ochiq kon chetiga yaqin joyda namoyish o‘tkazgan. Ekofaol Tunberg norozilik namoyishi ishtirokchilari orasida bo‘lgan.

Ekologik faollar konni kengaytirishga qarshi, chunki ular qo‘ng‘ir ko‘mirni sog‘liq uchun eng zararli deb biladi.

Polisiyaning aytishicha, faol qiz hibsga olinmagan, aksincha identifikasiya qilish uchun boshqa namoyishchilar bilan birga olib ketilgan. U qisqa hibsdan keyin ozod qilingan.

Ma’lumot o‘rnida, qishloqdagi kondan qazib olinadigan qo‘ng‘ir ko‘mir Germaniyaning energiya xavfsizligini ta’minlaydi. Ekofaollar esa konni kengaytirishga qarshi, chunki ular qo‘ng‘ir ko‘mirni sog‘liq uchun eng zararli va rasmiylar bunga nisbatan zudlik bilan chora ko‘rish kerak deb hisoblaydi.

Polisiyaning aytishicha, faollarning ko‘mir konini kengaytirish bilan bog‘liq qarama-qarshiligini hal qilish uchun bir necha hafta vaqt ketadi.

Kiritildi: 13:04 18.01.2023. O'qildi: 1252 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!