Bugun 11 dekabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Germaniya qurolli kuchlarida 35 ming askar va ofiser yetishmayapti

Germaniya qurolli kuchlarida 35 ming askar va ofiser yetishmayapti

Germaniya qurolli kuchlarida 35 ming askar va ofiser yetishmayapti.

Bu haqda Bundestag mudofaa qo‘mitasi raisi, Germaniya erkin demokratik partiyasi vakili Markus Faber RND tahririyatiga ma’lum qilgan.

"Ehtimol, NATOning barcha 32 a’zo davlatga, xususan Germaniyaga ham qo‘yadigan talablari ortishi mumkin. Shu tariqa, yillik ishlab chiqarishning 2 foizini mudofaaga sarflash endi yetarli bo‘lmaydi. Bu 3 foiz atrofida bo‘lishi kerak", - deydi Faber.

Uning tushuntirishicha, NATOning alyans qurolli kuchlari sonini 49 ta brigadaga, ya’ni 82 tadan 131 tagacha oshirish istagi doirasida Germaniya ham o‘z Qurolli kuchlari sonini oshirishi kerak. Faberning so‘zlariga ko‘ra, Berlin o‘z armiyasini 35 ming kishiga, umumiy sonini 100 ming qo‘shinga ko‘paytirishni talab qilishi mumkin.

Deputat bu jarayon 10 yilga cho‘zilishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: 09:44 12.10.2024. O'qildi: 869 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!