Bugun 31 avgust, 2024 yil, shanba

КИР

Germaniya prezidenti sobiq kansler Angela Merkelni 70 yoshi bilan tabrikladi

Germaniya prezidenti sobiq kansler Angela Merkelni 70 yoshi bilan tabrikladi

Taniqli olmon davlat arbobi Angela Merkel 17 iyul kuni 70 yoshga to‘ldi. Shu munosabat bilan tabrik yo‘llagan Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer Angela Merkelni ibratli faoliyat sohibasi, olmon demokratiyasining yorqin namoyandasi deb atadi.

«Ushbu yubileyning muhimligi shundaki, sizning 70 yillik umringizni ikki bosqichga bo‘lish mumkin. Birinchi 35 yil Berlin devori qulagunga qadar bo‘lgan davr, ikkinchi 35 yil esa siz intilgan va himoya qilgan erkinlik davridir», – deb yozdi Shtaynmayer o‘z qutlovida.

Germaniya prezidentiga ko‘ra, keyingi 35 yil davomida Angela Merkel kansler sifatida mamlakat birligi yo‘lida ulkan xizmat qildi.

«Siz hamisha erkinlikning qadr-qimmati va ma’rifiy jamiyatning muhimligi haqida gapirgansiz. Siz keltirgan dalillarning o‘ta ishonchli ekani boisi shundaki, liberal demokratiya sharoitida hayot kechirish qanchalik qadrli ekanini o‘z tajribangizda bilgan edingiz», – deyiladi tabrikda.

Prezident sobiq kansler qo‘l ostida ishlagan yillarni eslab, uning temir iroda, xalq taqdiriga mas’ullik, og‘ir-vazminlik, insoniylik, hazilkashlik kabi fazilatlarini alohida qayd etgan.

Merkel 14 marta «Forbes» jurnali talqinidagi «Dunyoning eng nufuzli ayollari» ro‘yxatiga kiritilgan. 2015 yili «Time» jurnali uni «Yil odami» deb e’lon qilgan.

Kiritildi: 23:59 17.07.2024. O'qildi: 2797 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!