Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Germaniya kuzda COVID-19 holatlari ko‘payishi haqida ogohlantirmoqda

Germaniya kuzda COVID-19 holatlari ko‘payishi haqida ogohlantirmoqda

Shanba kunidan boshlab Germaniyaning 16 federal shtatlarida pandemiya kuchayishi sababli yopiq joylarda niqob kiyish talabi kabi cheklovlar yana joriy etilishi mumkin, deya xabar beradi ABC News.

Germaniya sog‘liqni saqlash vaziri Karl Lauterbax juma kuni mamlakatda kuzda koronavirus holatlari barqaror o‘sib borayotgani haqida ogohlantirdi va keksa odamlarni COVID-19 ning yangi variantlaridan himoyalanish uchun ikkinchi vaksina olishga chaqirdi.

Nemis rasmiylari so‘nggi 24 soat ichida 96,367 ta yangi koronavirus holatini qayd etdi, bu bir hafta avvalgidan ikki baravar ko‘p.

Karl Lauterbaxning so‘zlariga ko‘ra, Fransiya, Daniya va Niderlandiyada ham aholi o‘rtasida koronavirus bilan kasallanish ko‘paymoqda.

Kiritildi: 02:41 02.10.2022. O'qildi: 2162 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!