Germaniya kansleri Rossiya va Ukraina urushni yakunlashdan hali ancha yiroq ekanini ma’lum qildi. Bu haqda DW xabar berdi.
"Odatda urushlar bir yoki ikki tomonning iqtisodiy yoki harbiy jihatdan holda toyishi tufayli yakunlanadi, biroq Ukraina urushida biz bunday vaziyatdan hali ancha yiroqmiz", — deya fikr bildirdi Germaniya kansleri Fridrix Mers Finlyandiya bosh vaziri Petteri Orpo bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Mersning ta’kidlashicha, yevropaliklar uzoq davom etadigan urushga tayyor bo‘lishlari kerak, shu sababli Yevropa Ukrainani faolroq qo‘llab-quvvatlashi va uning mudofaa qobiliyatini ta’minlashi lozim.
Vatikanda Kiyev bilan muzokara o‘tkazishdan Moskva bosh tortgani haqida gapirar ekan, kansler Rossiya o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga qiziqish bildirmayotganini aytdi.
Shuningdek, Mers Germaniya va G‘arbning boshqa davlatlari Ukrainaga yetkazilayotgan uzoq masofali qurollar bo‘yicha cheklovlarni olib tashlagani haqidagi bayonotiga ham izoh berdi. Unga ko‘ra, bu yangilik emas, mazkur qaror bir necha oy avval qabul qilingan.