Bugun 7 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

G‘azo hukumati: Sektordagi hayotni tiklash uchun 24 soat ichida 5000 ta vazifa bajarildi

G‘azo hukumati: Sektordagi hayotni tiklash uchun 24 soat ichida 5000 ta vazifa bajarildi

G‘azo sektoridagi Falastin ma’muriyati ma’lum qilishicha, davlat idoralari so‘nggi 24 soat ichida kamida 5000 ta dala, xizmat va insonparvarlik vazifalarini bajarib, mintaqa hayotini bosqichma-bosqich tiklash ishlarini davom ettirmoqda.

Hukumat matbuot xizmati bayonotida qayd etilishicha, bu ishlar Isroil armiyasining qisman chiqib ketishi va sulhning kuchga kirishi ortidan amalga oshirilayotgan keng qamrovli favqulodda chora-tadbirlar rejasi doirasida olib borilmoqda.

Bayonotga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida bajarilgan vazifalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • 1200 dan ortiq tibbiy va sanitar tadbirlar, jumladan jarrohlik amaliyotlari, yarador va bemorlarga birinchi yordam ko‘rsatish, surunkali kasalliklarni kuzatish;

  • 850 dan ziyod qutqaruv va insonparvarlik operasiyalari, jumladan fuqarolik mudofaasi guruhlari, polisiya va kommunal xizmatlar tomonidan jasadlarni qayta tiklash, vayronalarni tozalash, xavfsizlikni ta’minlash ishlari;

  • 900 dan ortiq infratuzilmaviy vazifalar, suv va kanalizasiya tizimlarini tiklash, chiqindilarni tozalash, ayrim ko‘chalarni transport harakati uchun ochish;

  • 700 dan ortiq gumanitar yordam vazifalari, oziq-ovqat tarqatish, boshpana punktlarini ta’minlash;

  • 650 dan ortiq ijtimoiy vazifalar va 700 dan ziyod logistika hamda OAV bilan bog‘liq faoliyatlar.

Hukumat ta’kidlashicha, “ikki yillik genosid davomida 8 mingdan ziyod xodim va ishchilar yo‘qotilganiga qaramay, davlat idoralari o‘z faoliyatini to‘xtatmagan.”

Shuningdek, bayonotda xalqaro hamjamiyat va insonparvarlik tashkilotlari hukumat faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, yordamni kuchaytirish va ta’minotni tezlashtirishga chaqirildi. Buning uchun esa blokada bekor qilinishi va chegara punktlarining siyosiy cheklovlarsiz ochilishi zarurligi ta’kidlandi.

Kiritildi: 15:07 12.10.2025. O'qildi: 955 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!