Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Gazli ichimliklar reklamasi taqiqlandi

Gazli ichimliklar reklamasi taqiqlandi

Tojikiston telekanallarida gazlangan shirin ichimliklar reklamasini namoyish etish taqiqlandi.

Taqiqni telekanallar emas, Tojikiston hukumati huzuridagi Teleradioeshittirish qo‘mitasi joriy etgan. Reklama beruvchilar esa bundan bexabar qolgan.

“Tojik telekanallarida Koka-kola reklamasi to‘xtatilishi haqida bizga xabar berilmadi. Tushunishimizcha, taqiq barcha gazlangan va quvvat beruvchi ichimliklarga tegishli. Taqiqning sabablari haqida aniq javob olishning iloji bo‘lmadi”, – dedi kompaniyaning Tojikistondagi vakillari.

Ushbu taqiq Tojikistonda sog‘lom ovqatlanish targ‘iboti bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Sentyabr oyi oxirida hukumat 2019-2024 yillarda semizlikning oldini olish va sog‘lom ovqatlanishni shakllantirish bo‘yicha dastur qabul qilgan edi.

 

Kiritildi: 10:45 22.10.2019. O'qildi: 3387 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!