Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

“Gaz zapravka”larga gaz berish uchun yangi talab qo‘yiladi

“Gaz zapravka”larga gaz berish uchun yangi talab qo‘yiladi

1 iyuldan “zapravkalar”da onlayn hisobni yuritish tizimi mavjud bo‘lsagina gaz yetkazib beriladi, deyiladi Davlat dasturi loyihasida.

Bunda yoqilg‘i quyish shoxobchalarida sotilgan gaz miqdorining aniq hisobini yuritishni ta’minlovchi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumotlar bazasiga integrasiya qilingan dastur mavjud bo‘lishi talab etiladi.

Shuningdek, onlayn hisobni yuritish tizimi orqali ob’ektlarda tabiiy gazning behuda sarflanishi, ulardan noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olish bo‘yicha tizimli monitoring shakllantiriladi.

Kiritildi: 15:41 07.02.2023. O'qildi: 4455 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!