Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Sirdaryo tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “Sirdaryotumangaz” gaz ta’minoti bo‘limining ta’mirlash xizmati boshlig‘i M.K. fuqaro M.R.ning ijarada yashayotgan xonadonida tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanib, 6,3 mln so‘m zarar aniqlanganligi holati bo‘yicha tuzilgan dalolatnomani yo‘q qilib berish evaziga 1 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.