Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

G‘aroyib! Ko‘l ichida ko‘l yoxud Niderlandiyadagi ko‘l ichiga nega aylana damba qurilgan?

G‘aroyib! Ko‘l ichida ko‘l yoxud  Niderlandiyadagi ko‘l ichiga nega aylana damba qurilgan?

Niderlandiyadagi Ketelmer ko‘li yuqoridan nazar tashlaganda jumboqli ko‘rinadi. Ulkan havza suv sathining o‘rtasida mukammal aylana shaklidagi sun’iy to‘g‘onga ko‘z tushadi. Uning ichida ham diametri taxminan 1 km maydonli ko‘l mavjud. Nima uchun bu yerni damba bilan o‘rashgan va uning ichida nima yashiringan?

Noodatiy aylana ko‘tarma paydo bo‘lishining sababi Ketelmer ko‘lining ekologik holati yomonligiga borib taqaladi. Gap shundaki, ko‘lga Eyssel daryosi kelib quyiladi. Bu nom ko‘pchilikka tanish emas. Eyssel Reyn daryosining so‘l shoxobchasi hisoblanib, undan daryoning quyi oqimida ajraladi. Bundan ayonki, bu daryo bir necha o‘nlab yillar davomida ko‘lga katta miqdorda iflos moddalar olib kelgan. G‘arbiy Yevropaning sanoati rivoj topgan mamalakatlari hududidan oqib o‘tuvchi Reyn o‘nlab shaharlar va zavodlardan chiquvchi ifloslangan oqova suvni qabul qilib oluvchi sifatida yillar davomida xizmat qilgan. Ushbu holat daryoda ifloslantiruvchi moddalar ko‘p jihatdan barcha ruxsat etilgan me’yorlardan oshib ketishiga olib keldi.

Reyndan to‘ldirilgan Ketelmer ko‘li suvining sifati ham shunga o‘xshash vaziyatni taqozo etdi. O‘tgan asr oxirida Yevropa mamalakatlari hukumatlari Reynning dahshatli holatiga o‘z e’tiborlarini qaratishganda, Ketelmerning ekologik holati ham nazardan chetda qolmadi. Odamlar ko‘lni suvning o‘zida ham, quyi cho‘kindilarida ham to‘plangan ifloslantiruvchi moddalardan tozalashni boshlashdi. Shu maqsadda ko‘lni tozalashdan so‘ng hosil bo‘ladigan o‘ta zaharli konsentratni joylashtirish imkonini beruvchi suv tindirgichini qurishga qaror qilindi.


Ko‘lning o‘zi juda chuqur bo‘lmagani sababli izolyasion to‘g‘onni Ketelmer akvatoriyasining qoq o‘rtasida qurishga kelishildi. Aylana to‘siq ichida 45 metr chuqurlikdagi kotlovan qazilgan, uning tubi va devorlari mustahkam polimer material bilan izolyasiyalangan. Ko‘l ichidagi ombor Eysselog nomini olgan. Ketelmer tubidagi cho‘kindilar maxsus tozalash stansiyasiga yetkaziladi, u yerda ularni zaharli loyga va ko‘l tuprog‘ining ko‘l uchun xavfsiz bo‘lgan qismlariga ajratishadi. Ko‘lni tozalash ishlari tugagandan so‘ng, loy omborini yuqori qismidan ajratib olib, sun’iy orolga aylantirish rejalashtirilgan.

Kiritildi: 05:26 18.09.2019. O'qildi: 2418 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!