Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

G‘allaorolda aqidaparastlik g‘oyalariga asoslangan audio, video va fotolarni tarqatib kelgan shaxs ushlandi

G‘allaorolda aqidaparastlik g‘oyalariga asoslangan audio, video va fotolarni tarqatib kelgan shaxs ushlandi

Joriy yilning 16 oktyabr kuni Jizzax viloyat IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi xodimlari o‘tkazgan “To‘siq” tadbiri davomida G‘allaorol tumani, Qashqabuloq qishloq fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 1990 yilda tug‘ilgan B.M. O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish taqiqlangan audio, video va foto materiallarni 92 nafar tanishiga ulashib kelayotganligi aniqlandi. Bu haqda  Jizzax viloyat IIB axborot multimedia guruhi "ANIQ.UZ"ga xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro B.M. 2010-2019 yillarda Rossiya Federasiyasi Moskva shahriga ishlash maqsadida bir necha marotaba borib, u yerda xufiyona faoliyat ko‘rsatayotgan terrorchilik tashkilotlarining yollovchilari ta’siriga tushadi. Keyin internet ijtimoiy tarmog‘ining “Odnoklassniki.ru” saytida o‘z profilini ochadi.

Shundan so‘ng fuqaro B.M. profili orqali O‘zbekiston Respublikasida chiqishi taqiqlangan bir qator shaxslar bilan aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qila boshlaydi. Jumladan, “Al-Fath” va boshqa studiyalar tomonidan tayyorlangan audio, video va fotolarni tarqatadi.  

Holat yuzasidan viloyat IIB tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2441 –moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.   

 

 

Kiritildi: 17:27 17.10.2019. O'qildi: 2029 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!