Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

G‘aflatda qolmang! Arafa kunining fazilatlari haqida bilasizmi?

G‘aflatda qolmang! Arafa kunining fazilatlari haqida bilasizmi?

Bu kun qilingan duolar eng afzal duodir. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Duolarning yaxshisi arafa kunidagi, men va mendan oldingi nabiylarning “Laa ilaha illallohu vahdahu laa shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ’ala kulli shayin qodiyr”, deb aytgan duosidir”, dedilar.

Ma’nosi: “Yakkayu yolg‘iz Allohdan boshqa iloh yo‘q. Uning sherigi ham yo‘q. Mulk Unikidir. Unga hamd bo‘lsin. U har bir narsaga Qodirdir” (Imom Termiziy rivoyati).

Bu kundan ko‘ra do‘zaxdan ko‘p ozod bo‘ladigan kun yo‘q. Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Arafa kuni, Alloh bandalarni do‘zaxdan ko‘p ozod qilganchalik boshqa biror kun yo‘q!” (Imom Muslim rivoyati).

Allohim! Bizlarni, ota-onalarimizni, farzandlarimizni, ayollarimizni, do‘stlarimizni va barcha mo‘min-musulmonlarni jahannam olovidan asra!

Bu kunning bomdod namozidan boshlab takbir aytiladi. “Allohu akbar! Allohu akbar! Allohu akbar! Laa ilaaha illallohu vallohu akbar! Allohu akbar va lillaahil hamd”.

Bu kun tutilgan ro‘za ikki yillik gunohlarga kafforot bo‘ladi. Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Arafa kunining ro‘zasi undan oldingi va undan keyingi yillardagi gunohlarga kafforot bo‘ladi deb Allohdan umid qilaman”, dedilar (Imom Muslim rivoyati).

G‘aflatda qolmang! Arafa kuni ro‘zasini tutishni o‘tkazib yubormang! Buni boshqalarga ham eslating. Ehtimol siz sababli boshqalar ham ro‘za tutar.

Kiritildi: 09:58 30.07.2020. O'qildi: 5219 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!