Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

FVV Toshkent viloyatidagi portlash bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi

FVV Toshkent viloyatidagi portlash bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi

Sal avval saytimizda Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani, «Surum» MFY, Namunali uy ko‘chasida joylashgan 1-uyning isitish qozonidan tabiiy gazning sizib chiqishi natijasida chaqnash sodir bo‘lgani xaqda xabar bergandik.

FVV xabariga ko‘ra, buning oqibatida uyning tom qismi qulab tushgan va uy jihozlari yongan. Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, 2 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan. Bundan tashqari, 4 nafar fuqaro turli darajadagi tan-jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan.

Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar vazirliklari va viloyatning tegishli mutasaddi rahbarlari, Tez harakat qilish Respublika ko‘p tarmoqli markazi, Toshkent viloyati va Toshkent shahar yong‘in-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari chiqishgan.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi FVV xabarida.

Kiritildi: 12:52 11.11.2019. O'qildi: 2260 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!