Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Fuqarolarni aldab, katta pulga chuv tushirgan xususiy bandlik agentligi ustidan sud jarayoni davom etmoqda

Fuqarolarni aldab, katta pulga chuv tushirgan xususiy bandlik agentligi ustidan sud jarayoni davom etmoqda

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudida sudlanuvchilar Qahramon Otaqulov (1979 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan, “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MCHJ direktori), Odil Kabilov (1963 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan, “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MCHJ Namangan viloyat filiali direktori), Xushvaqt Turdiyev (1973 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan, “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MCHJ ta’sischisi), Musurmon Aliqulov (1970 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan, “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MCHJ o‘quv ishlari bo‘limi direktori), Anvarjon Shamshiddinov (1983 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan, “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MCHJ Namangan viloyat filiali ish yurituvchisi), Orifjon Jo‘rayev (1983 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan, “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MCHJ Namangan viloyat filiali g‘aznachisi), Mavluda Otajonova (1969 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan, “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MCHJ hisobchisi), Ra’no Nuraliyeva (1976 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan, “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MCHJ kadrlar bo‘limi inspektori), Kang Nam Kyu (1968 yilda Koreya Respublikasida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan, “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MCHJ hamkori) va Jolol Xidirov (1987 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan, vositachi) ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni bo‘lib o‘tmoqda.

Sudlanuvchi Q. Otaqulov va boshqalar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqdalar.

Ish hujjatlariga ko‘ra, sudlanuvchi Q. Otaqulov va boshqalar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirishga yolg‘on va’dalar berib, “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MCHJ ga kelib murojaat qilgan fuqarolarning juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini qo‘lga kiritishib, ushbu pullarni shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborishgan.

Ushbu jinoyat ishi bo‘yicha 2 372 jabrlanuvchi va 4 fuqaroviy da’vogarlar mavjud.

Ayblov xulosasi bo‘yicha moddiy zarar miqdori 24,2 mlrd. so‘m bo‘lib, shundan dastlabki tergov mobaynida 13,3 mlrd. so‘m miqdorini bartaraf etish chorasi ko‘rilgan.

Hozirgi kunda sud tergovi o‘tkazilib, sud jarayoni davom etmoqda.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, ushbu jinoyat ishi doirasida jabrlanuvchi sifatida o‘tayotgan shaxslar o‘z vajlarini ijtimoiy tarmoqlarda emas, balki qonunga itoat etgan holda sud majlislari davomida keltirishlari lozim. 


O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati 

Kiritildi: 11:06 07.07.2020. O'qildi: 2087 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!