Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Fuqarolar diqqatiga: avtomashina xarid qilishda uni garovda turgan yoki turmaganligini tekshirib olishni unutmang!

Fuqarolar diqqatiga: avtomashina xarid qilishda uni garovda turgan yoki turmaganligini tekshirib olishni unutmang!

Bu haqda Mareaziybanexabarbermoqda.

Markaziy bankning Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmatiga yo‘llanayotgan ayrim murojaatlarda, fuqarolar avtomashinani lizing yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash hisobiga sotgan shaxslar bilan kelishilgan pul mablag‘lari to‘lab berilgandan so‘ng, avtomashina bank krediti bo‘yicha garovda turganligi to‘g‘risida xabar topganligi, shuningdek, uning nomiga rasmiylashtirish uchun mazkur avtomashinani garovdan chiqarish yuzasidan shikoyatlar qayd etilmoqda.

🔸Markaziy bank tomonidan ushbu murojaatlar o‘rganilganda, muammo yuzaga kelgan avtomashinalar bankning kredit mablag‘lari hisobiga sotib olinganligi yoki avtomashina bankdan olingan boshqa kredit turi bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda garovga qo‘yilganligi ma’lum bo‘lmoqda.

🔸O‘z navbatida, mazkur holat bank, avtomashinani lizing yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash hisobiga sotib olgan fuqaro hamda avtomashinani lizing yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash asosida sotgan shaxslar o‘rtasida sud tartibida ko‘rib chiqiladigan nizoli munosabatlarni keltirib chiqarmoqda.

Hurmatli fuqarolar!!!

🔸Yuqorida keltirilgan muammoli vaziyatlarga duch kelishingiz ehtimolini kamaytirish maqsadida quyidagilarga amal qilish tavsiya etiladi:

1) Avtomashinani sotib olish maqsadida tuzilgan har qanday shartnomani notarial tasdiqlashni talab qilish (shartnoma tuzuvchilar bunga qonuniy huquqga ega).

📌Bunda notarial idorada shartnoma tuzilayotgan paytda avtomashina taqiqda turganligini tekshirish imkoniyati paydo bo‘ladi va shartnoma matni qonunchilik hujjatlari talabiga muvofiq bo‘lishi ta’minlanadi.

2) Sotib olinayotgan avtomashina garovda turganligini garov reestri bazasidan aniqlashtirish (tekshirishga haq olinmaydi).

📌Buning uchun sotib olinayotgan avtomashina kuzov raqamini yoki sotuvchi – avtomashina egasiga tegishli soliq to‘lovchining identifikasiya raqamini (STIR) yohud uning shaxsiy identifikasiya raqamini (JSHSHIR) garov.uz saytiga kiritgan holda qidirish mumkin (batafsil ushbu link orqali: https://www.garov.uz/uz/site/search).

3) Lizing shartnomasiga yoki to‘lovni bo‘lib-bo‘lib to‘lagan holda avtomashinani oldi-sotdi qilish bo‘yicha shartnomaga asosan avtomashinaga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi yozuvni garov reestriga kiritish.

📌Mazkur vaziyatda lizingga yoki bo‘lib-bo‘lish to‘lash hisobiga olinayotgan avtomashina keyinchalik kredit ta’minoti uchun garovga qo‘yilmasligining oldini olish maqsadida lizing yoki to‘lovni bo‘lib-bo‘lib to‘lagan holda avtomashinani oldi-sotdi qilish shartnomasiga asosan avtomashinaga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi yozuvni o‘zingiz garov.uz sayti orqali garov reestriga kiritishingiz mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun “Garov reestri” korxonasining telefon raqami: (+998) 71-212-60-03, 71-256-25-32.

Kiritildi: 11:13 23.09.2022. O'qildi: 3178 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!