Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Fransiyaning olti shahri Qatardagi JCH-2022ga boykot e’lon qildi

Fransiyaning olti shahri Qatardagi JCH-2022ga boykot e’lon qildi

Fransiyaning olti shahri 2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘yinlarini boykot qiladi, deya xabar bermoqda Ge.globo Parij shahar kengashiga tayanib.

Qayd etilishicha, Parij-Lill, Strasburg, Reyms, Bordo va Marsel shaharda mundial o‘yinlarini translyasiya qilish uchun tadbirlar o‘tkazmaydi yoki ekranlar taqdim qilmaydi. Bu qaror jahon chempionati mezboni Qatarga qarshi norozilik harakatidir.

Parij sport vaziri Pyer Rabadan bu qarorni bo‘lajak jahon chempionatini ekologik va ijtimoiy jihatdan tashkil etish shartlari bilan asosladi.

Futbol bo‘yicha 2022 yilgi jahon chempionati 20 noyabrdan 18 dekabrga qadar Qatarda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 07:41 04.10.2022. O'qildi: 6434 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!