Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Fransiya va Britaniya Ukrainaga ko‘proq yordam berishga kelishib oldi

Fransiya va Britaniya Ukrainaga ko‘proq yordam berishga kelishib oldi

Buyuk yettilik sammiti doirasidagi uchrashuv chog‘ida Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ukrainaga ko‘proq yordam berishga kelishib oldi.

“Ular hozir mojaro rivojlanishining muhim pallasi ekani va bu urushning yo‘nalishini o‘zgartirish imkoniyati mavjudligi haqida kelishib oldilar”, — deyiladi Britaniya bosh vazirining idorasi bayonotida.

Har ikki yetakchi ham urush olib borishda ham, kelajakdagi har qanday muzokaralarda ham Ukrainani o‘z pozisiyasini mustahkamlashda qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta’kidladi.

Shu bilan birga, Jonson hozir muzokaralar olib borish xavfi haqida ogohlantirdi. “Endi bu mojaroni tinchlantirishga qaratilgan har qanday urinish beqarorlikni uzaytiradi, xolos”, dedi Britaniya bosh vaziri matbuot xizmati.

Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, Putinga ham suveren davlatlar, ham xalqaro bozorlarni manipulyasiya qilish uchun lisenziya berilishi xavfi bor.

Fransiya prezidenti Makron esa Moskva bilan muloqotni davom ettirish zarur deb hisoblaydi.

Kiritildi: 21:24 26.06.2022. O'qildi: 3400 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!