Bugun 19 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Fransiya sudi 41 yil qamoqda o‘tirgan falastinparvar Jorj Abdalloni ozod qilishga qaror qildi

Fransiya sudi 41 yil qamoqda o‘tirgan falastinparvar Jorj Abdalloni ozod qilishga qaror qildi

Fransiya sudi 41 yildan beri qamoqda saqlanayotgan falastinchi faol, Livan fuqarosi Jorj Abdalloni shartli ravishda ozod qilishga qaror qildi. Sud hukmiga ko‘ra, u 25 iyul kuni ozod qilinadi va Livanga deportasiya qilinadi.

Abdalla 1987 yilda AQSh va Isroil diplomatlarining 1982 yildagi o‘ldirilishida hamkorlik qilganlikda ayblanib umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan edi. U 1984 yildan buyon Fransiyadagi qamoqxonada saqlanmoqda.

74 yoshli Jorj Abdalla Fransiyadagi eng keksa siyosiy mahbuslardan biri hisoblanadi. Uning ishi ko‘p yillardan beri inson huquqlari faollari va xalqaro tashkilotlar tomonidan kuzatib kelinmoqda.

Avvalgi yillarda uning himoyachilari tomonidan bir necha bor ozod qilish so‘ralgan, biroq Fransiya hukumati bu talablarni rad etib kelgan edi.

Kiritildi: 17:54 17.07.2025. O'qildi: 815 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!