Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Fransiya Payg‘ambarimiz haqidagi karikatura tufayli o‘ldirilgan o‘qituvchini taqdirlamoqchi

Fransiya Payg‘ambarimiz haqidagi karikatura tufayli o‘ldirilgan o‘qituvchini taqdirlamoqchi

Fransiyada vahshiylarcha o‘ldirib ketilgan tarix o‘qituvchisi o‘z o‘limidan so‘ng Faxriy legion ordeni bilan taqdirlanadigan bo‘ldi, bu haqda mamlakat ta’lim vaziri Jan-Mishel Blanker bayonot berdi.

O‘qituvchi bilan vidolashuv milliy marosimi chorshanba kuni kechqurun Sorbonnada bo‘lib o‘tadi.

"Shuningdek, u Akademik palmalar ordeni bilan taqdirlanadi, bu ramziy ma’noga ega, orden murabbiylarga, ta’lim dunyosi vakillariga taqdim etiladi", - dedi Blanker BFMTV telekanali efirida.

O‘n oltinchi oktyabr kuni dars vaqtida Muhammad payg‘ambar (s. a. v)ga chizilgan karikaturalarni namoyish qilgani uchun tarix fani o‘qituvchisi Samyuel Pati boshidan judo qilingandi.

Butun boshli Fransiyani larzaga solgan qotillik Konflan-Sent-Onorin kommunasi yaqinidagi maktab yaqinida yuz bergan. Jinoyatda gumon qilingan shaxs polisiya tomonidan yo‘q qilingan. Fransiya prokuraturasi terrorizmga qarshi kurash qo‘mitasi rahbari Jan-Fransua Rikarning ta’kidlashicha, tajovuzni uyushtirgan shaxs 2002 yil Moskvada tug‘ilgan, kelib chiqishi chechen blgan va Fransiyada qochqin maqomini olgan.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron yuz bergan hodisani terroristik akt, deya atagan. Yevropa chechenlar uyushmasi o‘qituvchi o‘ldirilishini qoralagan. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov halok bo‘lgan o‘qituvchining yaqinlariga hamdardlik bildirgan va Checheniston terrorizmning har qanday ko‘rinishiga qarshiligini ta’kidlagan.

Yakshanba kuni Parijda Respublika maydonida va Fransiyaning boshqa shaharlarida o‘ldirilgan o‘qituvchi xotirasiga bag‘ishlab aksiyalar o‘tkazildi. Manifestasiyalar ishtirokchilari so‘z erkinligi, o‘qituvchilarning respublika bo‘yicha erkinligi va qo‘llab-quvvatlanishi lozimligi bitilgan shiorlar bilan chiqdilar. Parijdagi aksiyada, shu jumladan, mamlakat bosh vaziri Jan Kasteks, hukumatning qator a’zolari va shahar meri Ann Idalgolar ham ishtirok etishdi.

Kiritildi: 15:00 20.10.2020. O'qildi: 18684 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!