Fransiya Qurolli kuchlari va faxriylar ishlari bo‘yicha vaziri Bryuno Lyo Mer o‘z vazifalarini Bosh vazirga topshirib, hukumatni zudlik bilan tark etish qarorini e’lon qildi.
U bu haqda ijtimoiy tarmoq orqali ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, hukumatga qo‘shilish faqat og‘ir geosiyosiy vaziyat sharoitida Fransiya va fransuz xalqiga xizmat qilishdan iborat bo‘lgan burch tuyg‘usi bilan bog‘liq.
Bryuno Lyo Mer o‘z qarori ba’zilar tomonidan tushunarsiz, noto‘g‘ri va nomutanosib reaksiyalarga sabab bo‘lganini ta’kidlab, hech qanday individual vaziyat mamlakat va uning institutlarining normal faoliyatiga to‘sqinlik qilmasligi kerakligini ta’kidladi.
"Mana shunday sharoitda men hukumatni zudlik bilan tark etish va Qurolli kuchlar vaziri lavozimidagi vazifamni Bosh vazirga topshirish istagim haqida respublika prezidentiga ma’lum qildim. Respublika prezidenti mening iste’foni qabul qildi. Umid qilamanki, bu qaror Fransiyaga zarur bo‘lgan yangi hukumatni shakllantirish bo‘yicha muhokamalarni qayta boshlashga imkon beradi", deb yozadi u.