Bugun 19 mart, 2024 yil, seshanba

КИР

Fotogalereya: Saida Mirziyoyeva Birlashgan Arab Amirliklari safari chog‘ida Abu-Dabi Luvrida bo‘ldi

Fotogalereya: Saida Mirziyoyeva Birlashgan Arab Amirliklari safari chog‘ida Abu-Dabi Luvrida bo‘ldi

Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ayni paytda Birlashgan Arab amirliklarida xizmat safarida bo‘lib turibdi. Bu haqda prezidentning katta qizi o‘zining telegramdagi kanalida xabar berdi. 

- Bugun Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti yaqinidagi Saodat orolida joylashgan mashhur muzey - Abu-Dabi Luvrida bo‘ldim, deb yozadi Saida Mirziyoyeva.⠀
- Bu maskanning noyob me’moriy yechimi kishini lol qoldirmasdan qo‘ymaydi. Muzey huddiki dengiz ustida, ochiq osmon ostida parvoz qilib turgandek tuyuladi. Abu-Dabi Luvrining to‘plami ham ajoyib. Bu yerda Leonardo Da Vinchi, Pikasso, Van Gog, Gogen, Matiss va boshqa taniqli ustalarning asarlari bor. Xilma-xil davrlar, madaniyat va tamaddunlarga oid ko‘plab eksponatlar mavjud.

Shuningdek, Saida Mirziyoyeva muzey ko‘rgazmasi bilan tanishuv juda yorqin taassurot qoldirganini ta’kidlagan.

Kiritildi: 16:23 17.10.2019. O'qildi: 7135 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!