Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Foto: Qarshida ikki bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan portlash oqibatlari

Foto: Qarshida ikki bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan portlash oqibatlari

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri «Otchopar» mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan xonadonlarning birida 6 yanvar kuni soat taxminan 8:10 da gaz-havo aralashmasining chaqnashi (portlash) yuz bergan edi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati hodisa oqibatida bino devorlari qulab tushgani, vayron bo‘lgan uy ichidan ikki kishining jasadi olib chiqilganini ma’lum qilgan edi.

«Daryo» muxbirining voqea joyiga yetib borgan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi vakillariga tayanib xabar berishicha, portlash va undan keyingi vayronagarchiliklar oqibatida xonadon egasining 16 yoshli o‘g‘li va 14 yoshli jiyani vafot etgan. Ta’kidlanishicha, hodisa joyiga viloyat FVB, IIB, SSB va prokuratura organlari xodimlari yetib borgan, dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Foto: Qarshida ikki bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan portlash oqibatlariFoto: Qarshida ikki bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan portlash oqibatlariFoto: Qarshida ikki bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan portlash oqibatlariFoto: Qarshida ikki bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan portlash oqibatlari

 

Voqea joyiga etib borgan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining ma’lumot berishicha, portlash oqibatida xonadon egasining 16 yoshli o‘g‘li va 14 yoshli jiyani vafot etgan.

Qayd etish joiz, bu 2020—2021 yilgi kuz-qish mavsumida O‘zbekistonda gaz portlashi oqibatida uylarning vayron bo‘lib, odamlar qurbon bo‘lishi bilan bog‘liq dastlabki holat emas. Avvalroq, 30 noyabr kuni Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida, 21 noyabr kuni Qibray tumanida gaz portlashi oqibatida uylar vayron bo‘lgan, har ikkala voqea oqibatida ikki nafardan fuqaro vafot etgan edi.

Kiritildi: 15:49 06.01.2021. O'qildi: 4175 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!