Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

“Fotimaga o‘xshaganlar bizga insoniylikka ishonch tuyg‘usini qaytaradi”

“Fotimaga o‘xshaganlar bizga insoniylikka ishonch tuyg‘usini qaytaradi”

Zamonaviy Hindistonda islomofobik kayfiyat yuqori bo‘lishiga qaramay, hindistonlik muslima ayol dinlarning uyg‘unligi va turli dinlarga e’tiqod qiluvchilarning o‘zaro samimiy munosabatda bo‘lishi mumkinligi namunasini ko‘rsatdi.

Karnataka shtatining Madikeri shahrida istiqomat qiluvchi Fotima ismli ayolning 65 yoshli hind qo‘shnisi Lilamaning 35 yoshga kirgan o‘g‘li Raj hayot va o‘lim yoqasiga kelib qolgan edi. Ko‘p yillardan beri shol bo‘lib yotgan Rajning buyraklari faoliyati buziladi va u shoshilinch dialez olishi zarur bo‘ladi.

Tomorqasida yetishtirgan sabzavotlarni sotib arang tirikchiligini o‘tkazib turgan keksa onaning o‘g‘lini Madikeridan 140 chaqirim uzoqdagi Mangalur shahar shifoxonasiga maxsus transportda olib borishga mablag‘i yo‘q edi. Shu boisdan Rajni qutqarib qolishdan umidini uzgan edi.

Shu orada qo‘shnisining og‘ir ahvolidan Fotima xabar topib qoladi. Unga yordam berishni istaydi. Ammo unda ham buncha ko‘p pul yo‘q edi. Shunda Fotima tilla taqinchoqlari va boshqa arzirli ashyolarini lombard bankka garovga qo‘yishga qaror qiladi. Chunki nogiron bemorni imkon qadar tezlikda maxsus transportda shifoxonaga yetkazib borish kerak edi, deb DaijiWorld ga tayangan holda xabar bermoqda IslamNews.

Boz ustiga Rajning onasi qiynalib harakatlangani sababli o‘g‘li bilan shifoxonaga bora olmas edi. Shuning uchun Fotimaning o‘zi vaqtini, kuchini qizg‘anmasdan boshqa shaharga bemorni olib bordi va bemor hind yigitini parvarish qildi.

“Fotimaga o‘xshagan insonlar bizga insoniylikka ishonch tuyg‘usini qaytaradi”, deydi muslima ayolning bu ezguligini sharhlagan mahalliy jamoat arbobi Tojiddin Tarli.

Robiya JO‘RAQULOVA tayyorladi

Kiritildi: 07:00 31.03.2020. O'qildi: 3504 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!