Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Fors ko‘rfazida kemalar xavfsizligiga tahdid ortayotganligi ma’lum qilindi

Fors ko‘rfazida kemalar xavfsizligiga tahdid ortayotganligi ma’lum qilindi

Angliya hukumati Fors ko‘rfazida kemalar xavfsizligiga tahdid ortib borayotganini ma’lum qildi. Mazkur jarayonda rasmiy London Eronni ayblamoqda. Bu haqda Yeuronews.com nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Eron katerlari Ormuz bo‘g‘ozida Britaniya neft tankerini ta’qib qilib qo‘lga olishga harkat qilgan. Biroq tankerni kuzatib kelayotgan Qirollik harbiy-dengiz kuchlari kemasi bunga imkon bermagan. O‘z navbatida rasmiy Tehron bu ayblovlar asossiz ekanligini ta’kidlamoqda. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Djavdad Zarif ma’lum qildi.

Buyuk Britaniya sobiq tashqi ishlar vaziri Boris Djonsonning ta’kidlashicha, mamlakat bayrog‘i ostida Fors ko‘rfazining xalqaro suvlarida suzayotgan kemalar xavfsizligini to‘liq ta’minlash lozim. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Britaniya harbiy-dengiz kuchlari Gibraltar sohillari yaqinida EronningGrace 1 tankerini qo‘lga olgan edi. Bunga esa Yevropa Ittifoqi tomonidan belgilangan sanksiyalarning buzilishi asos sifatida e’tirof etilgandi. Mahalliy polisiya kema kapitani bosh yordamchisini qo‘lga olgan. Bu jarayonni Eron qaroqchilik, deb atagan va zudlik bilan javob choralari qo‘llashni bildirgan edi.

Kiritildi: 22:15 12.07.2019. O'qildi: 1271 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!