Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

«Forbes» talqinidagi eng serdaromad aktrisalar

«Forbes» talqinidagi eng serdaromad aktrisalar

«Forbes» 24 avgust kuni bugungi kunda eng ko‘p daromad oluvchi aktrisa Skarlett Yohansson ekanini va u 2018 yilning 1 iyunidan 2019 yilning 1 iyunigacha bo‘lgan davrda qariyb 56 mln dollar ishlab topganini e’lon qildi.

Yohansson bu pullarning qatta qismini «Marvel» studiyasi filmlaridagi rollari uchun oldi. Aktrisaga «Qasoskorlar. Final» filmidagi ishtiroki uchun 35 mln dollar gonorar to‘langan. 2020 yilda ekranlarga chiqadigan «Qora beva» filmidagi roli uchun ham aktrisa yaxshigina gonorar olgani aytilmoqda.

Eng ko‘p daromad oluvchi aktrisalar orasida ikkinchi o‘rinni «Amerikancha oila» komik serialidagi roli bilan tanilgan kolumbiyalik va amerikalik aktrisa Sofiya Vergara olgan. Uning daromadi  — 44,1 mln dollar.

Uchinchi o‘rinda 35 mln dollar daromad bilan Riz Uizerspun. Nikol Kidman (34 mln) to‘rtinchi, Jennifer Eniston (28 mln) beshinchi o‘rinda.

O‘tgan yili ikkinchi o‘rinda qayd etilgan Anjelina Joli, shuningdek, Keyt Blanshet, Jennifer Lourens va Juliya Robertslar bu safar reytingga kiritilmadi.

Eslatib o‘tamiz, «Forbes» 21 avgust kuni e’lon qilgan reytingda Dueyn Jonson erkak aktyorlar orasida birinchi bo‘lgandi.

Kiritildi: 15:00 25.08.2019. O'qildi: 2253 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!