Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Fojia! Toshkentda er xotinini vahshiylarcha o‘ldirib, qaynonasini og‘ir yaraladi

Fojia! Toshkentda er xotinini vahshiylarcha o‘ldirib, qaynonasini og‘ir yaraladi

Poytaxt Toshkent shahrida mudhish jinoyat sodir etildi. Er turmush o‘rtog‘ini vahshiylarcha o‘ldirdi, qaynonasini og‘ir yaraladi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Voqea kecha, 13 avgust kuni Toshkent shahri Mirobod tumanidagi “Risoviy” bozori atrofidagi mahallada yuz bergan. Er 24 yoshli rafiqasiga 30 marta pichoq urgan. Ularni ajratishga harakat qilgan qaynonasiga ham 7 marta pichoq bilan zarba bergan.

Ayol voqea joyida vafot etgan. Onasi og‘ir ahvolda shifoxonaning reanimasiya bo‘limiga yotqizilgan. Erkak qo‘lga olingan. Ularning 9 oylik qiz chaqalog‘i bolalar uyiga olib ketilgan.

Holat yuzasidan hozircha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ham, Toshkent shahar IIBB ham rasmiy ma’lumot bermadi.

Kiritildi: 17:19 14.08.2019. O'qildi: 4063 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!