Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Fojia! Er homilador xotinini pichoqlab o‘ldirib, uyiga ko‘mdi

Fojia! Er homilador xotinini pichoqlab o‘ldirib, uyiga ko‘mdi

Tojikistonning Xatlon viloyati Vaxsh qishlog‘ida yashovchi Alimov Olimjon Tojiddinovich homilador xotinini shafqatsizlarcha o‘ldirganlikda ayblanib sudlandi, deb xabar beradi “Dialog.tj”.

Tojikiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmatining xabar berishicha, O. Alimov o‘tgan yilning noyabr oyida Sumanmox Nazarova ismli fuqaro bilan nikohga kirgan.

Ta’kidlanishicha, er-xotin oilaviy hayoti tinch o‘tmagan, ular tinimsiz janjallashgan. Shu yilning 24 martida esa yana bir mojaro yuz bergan. Alimov oilaviy janjal paytida homilador xotinini bo‘g‘ib o‘ldirmoqchi bo‘lgan va keyin unga bir necha marta pichoq urgan, natijada Nazarova vafot etgan. Keyin Alimov jinoyat izlarini yashirish uchun uyning xonalaridan birida chuqur qazib, ayolini ko‘mgan.

Olimjon Alimovga nisbatan Xatlon viloyati prokuraturasi Tojikiston Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qotillik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

Xatlon viloyati jinoiy ishlar bo‘yicha sud qarori bilan Olimjon Alimov 22 yil qamoq jazosiga hukm qilindi va jazoni eng qattiq tartibli koloniyada o‘tishi ta’kidlandi, shuningdek, 5 yilni umumiy tartibli koloniyada o‘tkazadigan bo‘ldi.

Kiritildi: 17:23 15.11.2019. O'qildi: 4606 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!