Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Fizika bo‘yicha 2020 yilgi Nobel mukofoti sovrindorlari ma’lum bo‘ldi (FOTO)

Fizika bo‘yicha 2020 yilgi Nobel mukofoti sovrindorlari ma’lum bo‘ldi (FOTO)

Fizika bo‘yicha 2020 yilgi Nobel mukofotiga galaktikada o‘ziga xos kashfiyot qilgan olimlar guruhi munosib ko‘rildi.

Nobel qo‘mitasi veb-saytida yozilishicha, mukofotga ingliz fizigi Rojer Penrouz, germaniyalik astrofizik Raynxard Pensel va amerikalik astronom Andrea Gez loyiq ko‘rilgan. Ular qora tuynukning paydo bo‘lishi "umumiy nisbiylikni ishonchli tarzda bashorat qilishini" aniqladilar.

Chorshanba kuni kimyo bo‘yicha mukofot g‘oliblari, payshanba kuni adabiyot bo‘yicha va juma kuni Nobel Tinchlik mukofoti sovrindori nomi e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun, koronavirus tufayli 1944 yildan beri birinchi marta Stokgolmda Nobel mukofotini onlayn tarzda o‘tkazishga qaror qilindi.

Kiritildi: 17:35 06.10.2020. O'qildi: 2875 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!