Finlyandiya Rossiya chegarasiga yaqin joyda 2,8 ming harbiy xizmatchi ishtirokida quruqlikdagi mashg‘ulotlarni boshladi.
“Report” xabariga ko‘ra, mashg‘ulotlar 30 noyabrdan 4 dekabrga qadar Kajaani va Kuhmo shaharlaridagi Vuosanka va Sotinpuro poligonlarida bo‘lib o‘tadi.
Manyovrlarda 600 ta transport va jangovar harbiy texnika, NN90 transport vertolyoti va MD 500 yengil vertolyotidan foydalaniladi.
Harbiylar hujumga va mudofaaga tayyorgarlik ko‘rish, yaqinlashib kelayotgan dushmanni yo‘q qilish, shuningdek, tunda jang qilish va qish sharoitida jangovar harakatlar olib borishni mashq qiladilar.
Bungacha ERR teleradiokompaniyasi dekabr oyining birinchi yarmida Shimoliy Atlantika alyansi (NATO) davlatlari ishtirokida Estoniyada “Chaqmoq” (Pisne) harbiy mashg‘ulotlarini o‘tkazish rejalashtirilgani haqida xabar bergan edi.