Nashrning Yevropa diplomatlari va mulozimlariga tayanib yozishicha, hozirda Yevropa Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha Rossiya bilan yuqori darajadagi siyosiy muzokaralarni boshlashga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Bu jarayonda Yevropa vakili sifatida kim ishtirok etishi mumkinligi haqidagi taxminlarda Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubbning nomi tez-tez tilga olinyapti.
Shu bilan birga, mazkur tinchlik muzokaralariga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni hozircha dastlabki bosqichda ekani qayd etilgan, deyiladi xabarda.