Filippinning Palompon shahri g‘arbiy sohilida sodir bo‘lgan 6,9 magnitudali zilziladan so‘ng 8 mingdan ortiq yer silkinishi qayd etildi. Bu haqda GMA News nashri Filippin vulqonologiya va seysmologiya instituti (PHIVOLCS)ga tayanib xabar berdi.
Institut ma’lumotlariga ko‘ra, Palompon hududi va Sebu provinsiyasi qirg‘oqlarida turli kuchdagi silkinishlar davom etmoqda — ularning magnitudasi 1 dan 5,1 gacha.
Mutaxassislar fikricha, bu silkinishlar yana bir necha hafta yoki oy davom etishi mumkin, biroq ularning chastotasi asta-sekin kamaymoqda. Aholiga uylariga qaytishdan oldin rasmiylar bilan maslahatlashish tavsiya etilgan.
30 sentyabr kuni Palomponning g‘arbiy sohilida yuz bergan zilzila oqibatida 72 kishi halok bo‘lgan, 47 221 kishi jarohat olgan.
Filippin «Olov halqasi» deb ataluvchi mintaqada joylashgan bo‘lib, u dunyodagi eng seysmik faol hududlardan biri hisoblanadi. Bu yerda zilzilalar va vulqon otilishi muntazam sodir bo‘lib turadi.