Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

FIFA referisi Sherzod Qosimov 3 yilga futboldan chetlatildi

FIFA referisi Sherzod Qosimov 3 yilga futboldan chetlatildi

O‘FA futbol faoliyatini nazorat qilish maxsus inspeksiyasi O‘zbekiston Superliga va Pro Liga uchrashuvlarida korrupsion holatlar, ya’ni bir qator futbol o‘yinlarida uchrashuvga yoki uning natijasiga ta’sir o‘tkazish maqsadida kelishuvlarda qatnashgan futbol hakamlarini aniqlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni davom ettirmoqda.

O‘FA Etika qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida FIFA va OFK hakami Sherzod Qosimov bo‘yicha aniqlangan holatlar ko‘rib chiqildi.

Qo‘mita tomonidan Sherzod Qosimov O‘FA intizom kodeksining 5.44. bandiga asosan bir qator futbol uchrashuvlarida uchrashuvga yoki uning natijasiga ta’sir o‘tkazish maqsadida kelishuvlarda qatnashgani uchun 3 (uch) yil muddatga futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan chetlashtirish xususidagi qaror qabul qilindi.

Mazkur qaror O‘FA tomonidan rasmiy tarzda e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

Kiritildi: 17:35 19.01.2021. O'qildi: 3359 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!