Bugun 7 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

FIFA Prezidenti mamlakatimiz mezbonlik qilgan JChni eslab o‘tdi

FIFA Prezidenti mamlakatimiz mezbonlik qilgan JChni eslab o‘tdi

FIFA Prezidenti Janni Infantino o‘zining rasmiy sahifasida O‘zbekiston va FIFA U-20 Jahon chempionati mezbonligi bilan tabrikladi va 2024 yil mamlakatimizda o‘tkazilgan futzal bo‘yicha Jahon chempionatini eslab o‘tdi.

"O‘tgan yili bo‘lib o‘tgan FIFA futzal bo‘yicha jahon chempionati finalidagi ishtirokim ajoyib xotiralar qoldirdi. O‘sha musobaqada Braziliya jamoasi tarixda rekord darajada — oltinchi bor chempionlikni qo‘lga kiritdi!

Turnirga O‘zbekiston yuqori saviyada mezbonlik qildi — yaqinda esa mamlakat 2027 yilgi FIFA U-20 jahon chempionati hammezboni sifatida e’lon qilindi. Mahalliy muxlislarning o‘yindan olgan zavqi va futbolga bo‘lgan muhabbatini ko‘rib, juda xursand bo‘ldim" - deb yozdi Infantina o‘zining "Instagram"dagi rasmiy sahifasida.

Kiritildi: 09:15 07.10.2025. O'qildi: 1119 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!