Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

FBRga changyutgich, budilnik va qabr toshlariga kamera o‘rnatish nega kerak?

FBRga changyutgich, budilnik va qabr toshlariga kamera o‘rnatish nega kerak?

Open the Government faollar guruhi yaqinda qo‘lga kiritgan broshyura nusxasi noroziliklarga sabab bo‘lmoqda. Uni AQSh Federal qidiruv byurosi (Federal Bureau of Investigation, FBI; ruschada – FBR) uchun kuzatuv kameralarini yetkazib beruvchi Special Services Group kompaniyasi chiqargan.

Mazkur broshyurada anchagina antiqa ma’lumotlar bor ekan – kamerasoz Federal qidiruv byurosiga umuman kutilmagan joylarga kuzatuv kameralari o‘rnatishni taklif etgan. Eng g‘alati takliflardan biri – qabr toshiga o‘rnatiluvchi kamera bo‘lib, u haqda mana bu yerda e’lon qilingan broshyuraning 99-sahifasida ma’lumot berilgan.

“Tombstone Cam” (“Qabr toshidagi kamera”) bu – qabristondan turib yashirin kuzatuv olib borishga mo‘ljallangan eng yangi qurilmadir, deyiladi unda. Bunda toshning o‘zi faqat niqob vazifasini o‘tashi, yoki kamera bilan birgalikda yaxlit tizim sifatida xizmat qilishi mumkin. Bu tizim video va ovozni yozib olishga qodir bo‘lib, batareyasi kameraning ikki kun ishlashiga yetarli quvvatga ega. Kamerali qabr toshini zarurat tug‘ilganida bir joydan boshqasiga osongina ko‘chirib o‘rnatish mumkin.

Bundan tashqari, Special Services Group broshyurasida changyutgich va budilniklarga, hatto yosh bolalarga mo‘ljallangan avtomobil o‘rindiqlariga o‘rnatiluvchi kameralar tavsiflari berilgan.

Bulardan xabar topgan Motherboard onlayn nashri izoh talab qilib Special Services Groupʼga murojaat etdi. Kompaniya esa bunga javoban, agar broshyurani oshkor etishsa, nashrni sudga berishini aytdi, deyiladi xabarda. Kamerasoz kompaniya vakillari yana, bu kabi ma’lumotlarning ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi huquq-tartibot idoralarining hayotini xavf ostiga qo‘yishini ham ta’kidlagan.

Kiritildi: 07:45 12.01.2020. O'qildi: 3739 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!