Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Farg‘onalik erkak o‘z uyini qimorxonaga aylantirdi

Farg‘onalik erkak o‘z uyini qimorxonaga aylantirdi

Yozyovon tumani. 25 mart kuni Yozyovon tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Sarimsoqov ko‘chasida yashovchi G‘.X. yashash xonadonida O.B., SH.I. va boshqalarni qimor o‘ynashlari uchun sharoit yaratib bergani aniqlanib, ulardan 217 000 so‘m pul va 29 dona o‘yin kartasi daliliy ashyo tariqasida olingan.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmatining xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan G‘.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (qimorxona tashkil etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, G‘.X.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llaniladi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat kodeksining 278-moddasi(qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish)da ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yetti yilgacha ozodlikdan  maxrum qilish bilan jazolanadi.

 

Kiritildi: 23:22 01.04.2020. O'qildi: 2251 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!