Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Farg‘onalik erkak MIB xodimini kaltakladi

Farg‘onalik erkak MIB xodimini kaltakladi

Ota bir nafar farzandi uchun 300 ming so‘m aliment to‘lovini to‘lashdan bosh tortib, hujjat ijrosini yuritayotgan MIB xodimini kaltakladi

Qayd etilishicha, Farg‘onaning Rishton tumanida istiqomat qiluvchi qarzdor M.Melibev bir nafar farzandi uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan 300 ming so‘m aliment to‘lovini to‘lashdan bosh tortgan. U aliment undiruvi ijro hujjatini yurituvchi MIB xodimini kaltaklagan.  

Qarzdor tomonidan kaltaklangan MIB xodimi yiqilib, tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Jabrlanuvchi 1 hafta davomida davolanish muolajalarini olgan.

Qarzdor ota bu qilmishini odindan rejalashtirmaganligini, MIB xodimlariga hech qanday shaxsiy adovati bo‘lmaganligini aytadi. Biroq MIB xodimining kaltak zarbidan olgan tan jarohatlari birgina kechirim bilan tuzalib qolmas edi.

Rentgen tekshiruvlariga ko‘ra, bemorning o‘ng o‘mrov suyagi, uchinchi o‘ng qovurg‘asining orqa tomoni singanligi aniqlangan.

Sud hukmiga ko‘ra, M.Meliboyev o‘z vazifasini bajarayotgan MIB xodimini kaltaklagani uchun 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

 

Kiritildi: 16:49 20.01.2020. O'qildi: 2278 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!