Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Farg‘onalik erkak mahalladosh qizni dala maydonida o‘ldirib, jasadni yoqib yubordi

Farg‘onalik erkak mahalladosh qizni dala maydonida o‘ldirib, jasadni yoqib yubordi

Farg‘onada nonvoy mahallasidagi qizni dala maydonida o‘ldirib, jasadni yoqib yubordi. Bu jinoyat Farg‘ona viloyati IIB va Prokuratura idoralari xodimlari tomonidan tezkorlik bilan fosh etildi.

O‘ta vahshiy qotillik ortidan Farg‘ona viloyati Furqat tumanida tug‘ilgan, oilali, ikki nafar farzandi bor, novvoychilik bilan shug‘ullanib kelgan A.X. (ismi-sharifi tahririyatga ma’lum)ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi(JK)ning 97-moddasi 2-qismi “v,j” bandlari hamda 134-moddasi tartibida jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ma’lum bo‘lishicha, A.X. Furqat tumani, “Qizil-Qiyoq” MFY markazida joylashgan nonvoyxonasiga kelgan yengil darajadagi aqliy zaif bo‘lgan N.Y. bilan o‘rtalaridagi ishqiy munosabat tufayli janjallashib, uni bo‘ynidan bo‘g‘ganida, shu yerda bo‘lgan B.X. ularni ajratib qo‘yadi va shu payt pichoq bilan tashlangan N.Y.ni qo‘lidan pichoqni tortib olib, bolta bilan peshona sohasiga bir marta urib, unga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazgan.

Shu voqealar ortidan A.X. shu mahallada istiqomat qiluvchi N.Y.dan butunlay qutulish maqsadida uni o‘ldirishni rejalashtirib, 1,5 litr yelim idishda benzin sotib olib, nonvoyxonasida ishlatiladigan yog‘och sopli oshxona pichog‘i va 2 metrli kabel simini tayyorlab, nonvoyxonasi oldiga kelgan N.Y.ga 20.000 so‘m evaziga jinsiy aloqa qilmoqchi ekanini aytadi va shu mahalla hududidagi fermer xo‘jaligi dala maydonining xilvat joyiga uni aldab olib borgan.

Voqealar davomida qo‘liga qo‘lqop kiygan A.X., N.Y.ni yotqizib, uning oyoqlarini sim bilan bog‘laydi va sochidan ushlab olgan holda boshini tepaga tortib, oshxona pichog‘i bilan bo‘ynidan vena tomirini kesadi.

A.X. o‘ta shafqatsizlik bilan N.Y.ni qasddan o‘ldirib, jinoiy harakati fosh bo‘lishining oldini olish maqsadida o‘zi bilan olib borgan benzinni jasadning ustidan sepib, yoqib yuborib, murdani tahqirlagan.

Kiritildi: 15:55 25.08.2019. O'qildi: 8212 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!