Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Farg‘onalik ayol niqob taqmay, xalqni hukumatning qarorini bajarmaslikka undadi

Farg‘onalik ayol niqob taqmay, xalqni hukumatning qarorini bajarmaslikka undadi

Farg‘ona shahrida qoidabuzar ayolga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, Farg‘ona shahrida yashovchi X.M. 29 mart kuni shahardagi dehqon bozorida karantin qoidalariga rioya qilmasdan, jamoat joylarida niqob taqmagan.

Bundan tashqari bozorda baqir-chaqir qilib, o‘z vazifasini bajarib, kartoshka sotilayotgan joyda fuqarolarga tushuntirish berayotgan ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat burchlarini bajarishga qarshilik qilgan.

So‘ngra ularni talablarini bajarmaslikka omma oldida da’vat qilib, ommaviy tartibsizlik keltirib chiqarishga harakat qilgan. 

Sud X.M.ni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida kodeksning 54 va 195-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganda aybdor topdi va besh sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinladi.

Kiritildi: 13:25 01.04.2020. O'qildi: 7528 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!